Ish safari davomida Qizil-Qiya shahridagi «Asil holding» MChJning quritilgan qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish bo'yicha loyihasi bilan tanishdilar. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati sutkada 60–70 tonnagacha mahsulot chiqarishga mo'ljallangan.
Shuningdek, Milliy agentlik vakillari Noqot tumanining Olmalik qishlog'idagi «Chig'ish qurilish materiallari» MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan g'isht zavodining qurilish loyihasi jarayoni bilan tanishdilar. Korxonani joylashtirish uchun sanoat yo'nalishidagi yerlari kategoriyasiga o'tkazilgan 9 gektar yer maydoni ajratilgan. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning umumiy hajmi 6,5 million AQSh dollarini tashkil etib, shaxsiy investorlar tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Zavodning loyiha quvvati yiliga 20–30 million dona g'isht ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Hozirda asosiy jihozlar to'liq yetkazib berilgan va montaj ishlari olib borilmoqda. G'isht qizdiruvchi pechning qurilishi tugallangan.
Ob'ektlarni ziyorat qilish natijasida ushbu loyihalarning amalga oshirilishi mintaqaning sanoat potensialini rivojlantirishga va yangi ish o'rinlarini yaratishga yordam berishi aytildi.










