Qirg'iziston Respublikasi Prezidentiga qarashli Investitsiyalar bo'yicha milliy agentlik rahbari Ravshanbek Sabirov ELTR davlat tele-radio kompaniyasiga bergan intervyusida Qirg'izistonning investitsion iqlimi, iqtisodning rivojlanish dinamikasi va investitsiyalarni jalb qilish yo'nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
U investorlar uchun qulay shartlarni yaratish, investitsion loyihalarni qo'llab-quvvatlash va chet el kapitalini jalb qilish bo'yicha ko'rilayotgan choralarga to'xtaldi.
Shuningdek, Qirg'izistonda o'tkazilayotgan xalqaro investitsion va biznes-forumlar, mamlakatning investitsion imkoniyatlarini tanitish va yangi investitsion hamkorliklarni rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar bilan bo'lishdi.
Ravshanbek Sabirov mamlakatning iqtisodiy rivojlanish kelajagi haqida gapirib, chet el investorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlarni ta'kidladi.



