O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Investitsiyalar bo'yicha milliy agentlikda Koreyaning Savdo va investitsiyalarni ilgari surish agentligi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda MDH mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy direktor Xon Duyon, Almaty filiali direktori Kim Jung-hun, shuningdek, MDH mamlakatlari bo'yicha mintaqaviy direktor o'rinbosari Ye Gvan Ho ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish masalalari, shuningdek, koreyalik kompaniyalar va investorlar bilan o'zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Milliy agentlik vakillari O'zbekiston Respublikasining investitsion potensialini, investitsion iqlimni yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni, investorlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash choralarini, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilishning ustuvor yo'nalishlarini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini taqdim etdilar.
O'z navbatida, Koreyaning Savdo va investitsiyalarni ilgari surish agentligi vakillari O'zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni mustahkamlashga, mamlakatning investitsion imkoniyatlarini Janubiy Koreyaning biznes jamoatchiligi o'rtasida ilgari surishga va ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatishga yordam berishga qiziqish bildirishdi.
Uchrashuv natijasida tomonlar O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasidagi investitsion va savdo-iqtisodiy o'zaro aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga va hamkorlikni bundan buyon rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.




