2025-yil 22-sentabrda Milliy agentlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qarashli investitsiyalar bo‘yicha milliy agentlik direktori va Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (MEI) delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yapon delegatsiyasi barqaror rivojlanishni mustahkamlash va Global janub mamlakatlari bilan birgalikda tashabbuslarni ilgari surishga qaratilgan “Global janub futuristik hamkorlik loyihalari” (FS Global South) dasturini taklif etdi. Dastur innovatsiyalar va o‘zaro foydali hamkorlikka asoslangan loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Yapon delegatsiyasining ish safari maqsadi – FS Global South dasturi doirasida integratsiyalashishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining mahalliy ehtiyojlari va imkoniyatlarini o‘rganish. Ma’lumot almashishga, tegishli davlat organlari bilan kelishuvga va kelajakdagi hamkorlikning asosiy rejasini ishlab chiqish istiqbollarini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Navigatsiya
Portalning barcha bo‘limlari
$6.9 mlrd
Investitsiyalar
400+
Loyihalar
Jonli
24-sentabr, 2025, 05:361 daqiqa o'qish7
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi vakillari bilan uchrashuv: “Global janub futuristik hamkorlik loyihalari” dasturi doirasida hamkorlikni muhokama qilish
2025-yil 22-sentabrda Milliy agentlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qarashli investitsiyalar bo‘yicha milliy agentlik direktori va Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi (MEI) deleg





