O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Farxat Iminov O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga qarashli Virtual aktivlar va blokcheyn texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Milliy kengash sekretariyati rahbari etib tayinlandi.
Milliy kengashning asosiy maqsadi – raqamli moliya sohasida barqaror davlat siyosatini ishlab chiqish, blokcheyn texnologiyalarini joriy etish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va raqamli iqtisodiyotning innovatsion o'sishini rag'batlantirishdir.
Farxat Iminov raqamli innovatsiyalar, fintech va investitsion rivojlanish sohasida keng bilim va amaliy tajribaga ega. O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga qarashli Investitsiyalar bo'yicha milliy agentlikning direktori sifatida u qisqa vaqt ichida muhim natijalarga erishgan.
2025 yil aprelidan avgustigacha Agentlik tomonidan 45 dan ortiq tadbir, jumladan xalqaro va ikki tomonlama investitsiya va biznes-forumlar tashkil etildi. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha

