Sizlarni «Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi biznes hamkorlik» biznes-forumida ishtirok etishga taklif etamiz.
«Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo» Birinchi iqtisodiy forumiga tayyorgarlik doirasida «Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi biznes hamkorlik» biznes-forumi biznes va investitsion hamkorlikning yangi ufqlarini kengaytiradi, investitsion loyihalarni amalga oshirish, qo'shma korxonalar tashkil etish, mahalliy mahsulotlar va xizmatlarning eksportini ilgari surishga e'tibor qaratadi.
Biznes-forumda yashil iqtisodiyot, kreativ sanoatning rivojlanish istiqbollari, shuningdek, birgalikdagi hamkorlikning investitsion va savdo imkoniyatlari muhokama qilinadi, chunki bu sohalar bugungi kunda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo biznes vakillari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash vositalari bo'lib, o'zaro qiziqishni ta'minlaydi.
Tadbir doirasida B2B uchrashuvlar, shuningdek, ko'rgazma va turizm ko'rgazmasi o'tkaziladi.

