Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi (CIPE) vakillari Milliy agentlikka tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha dastur ofitseri Zulfiqar Xon Markaziy Osiyo mamlakatlarida biznes muhitini yaxshilash dasturi (IBECA) haqida ma'lumot berdi. Ushbu dastur xususiy sektor tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, moliyalashtirish va investitsiyalarga kirish imkoniyatlarini oshirish, AQShning xususiy sektoriga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini aniqlash, mintaqaviy ekspert va biznes tarmoqlarini yaratishni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish uchun xalqaro aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan.
Uchrashuv davomida milliy biznes kun tartibi masalalari, jumladan, biznes muhitini yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni o'tkazish va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga erishish uchun zarur bo'lgan to'siqlar va ustuvorliklar muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: CIPE - bu AQSh Savdo palatasiga aloqador notijorat tashkilot bo'lib, u xususiy tadbirkorlik orqali butun dunyo bo'ylab demokratiyani mustahkamlash bilan shug'ullanadi.

