«Dekna Bishkek Tekstil» kompaniyasi vakillari Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Investitsiyalar bo‘yicha milliy agentlikka tashrif buyurdi va yangi to‘qimachilik fabrikasi uchun uskunalarni chegara orqali o‘tkazish tartibi kabi bir qator masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuvga Qirg‘iziston Respublikasi Davlat bojxona xizmati va Transport va aloqa vazirligi vakillari taklif etildi, ular investorlarning savollariga to‘liq javoblar berishdi. Xususan, Xitoydan qimmatbaho uskunalarni tashish bilan bog‘liq logistika muammolari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyali investorlar Qara-Baltadagi sobiq gilam kombinati asosida umumiy maydoni 53 ming m2 bo‘lgan yangi to‘qimachilik fabrikasini ochmoqdalar. Ushbu loyihani amalga oshirish 800-1000 yangi ish o‘rni yaratishga imkon beradi.

