Bugun, 2023 yil 14 sentyabrda, Qirg'iziston Respublikasi Prezidentining Investitsiyalar bo'yicha Milliy agentligi direktori Talantbek Imonov va Xitoyning «China Energy Engineering Corporation» kompaniyasi vakillari uchrashuv o'tkazdi.
Elektr stansiyalarini qurish va ularga mo'ljallangan uskunalarni ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi kompaniya, Qirg'izistonda investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga qiziqish bildirdi. Uchrashuv davomida kompaniyaga ikki tomonlama hamkorlik doirasida taqdim etilishi mumkin bo'lgan imtiyozlar va preferensiyalar haqida masalalar muhokama qilindi.
Milliy agentlik direktori Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti investorlar uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratayotganini ta'kidladi va qirg'iz-xitoy munosabatlari yangi bosqichga ko'tarilganini qayd etdi.
China Energy Engineering Corporation kompaniyasi Issiqko'l viloyatining Toru-Ayğır qishlog'ida quvvati 500 MVt bo'lgan Quyosh elektr stansiyasini qurish niyatida ekanligini bildirdi. Hozirda tadqiqot o'tkazilmoqda.

