2026-yil 30-martda Qirg'iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va «SHANFEN ZET TSEMENT» MChJ o'rtasida investitsion shartnomaga imzo chekildi. Bu shartnoma Chuy viloyatining Kemin tumanidagi Qizil-Oktabr qishlog'ida sutkada 3200 tonna klinker ishlab chiqarish quvvatiga ega tsement zavodini qurish bo'yicha investitsion loyihani amalga oshirishni ko'zda tutadi.
Investitsion shartnomaga Qirg'iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomidan Qirg'iziston Respublikasi Prezidentiga qarashli Milliy investitsiya agentligi rahbari R.A. Sabirov, «SHANFEN ZET TSEMENT» MChJ nomidan esa bosh direktor o'rinbosari Hua Tszyanfei imzo chekdi.
Loyihaga sarflanadigan investitsiya miqdori 137,6 million AQSh dollarini tashkil etadi.



