Bugun, 10-iyulda, Qirg'iz Respublikasi Prezidentiga qarashli Investitsiyalar bo'yicha milliy agentlik va «Alvarez & Marsal Kazakhstan» (Qozog'iston Respublikasi) Qirg'iz Respublikasiga chet el investitsiyalarini jalb etish sohasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan O'zaro tushunish to'g'risidagi memorandumga imzo chekdilar.
Memorandumning maqsadi Milliy agentlik bilan «Alvarez & Marsal Kazakhstan» kompaniyasi o'rtasida hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va Qirg'iz Respublikasining tog'-kon sohasiga, shuningdek, strategik ahamiyatga ega mineral resurslarni o'zlashtirish, qazib olish va qayta ishlash bo'yicha loyihalarga AQShdan, Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlardan, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etish maqsadida samarali, o'zaro foydali va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratiladi.
Memorandumga imzo qo'yish xalqaro investitsion hamkorlikni kengaytirishda va chet el hamkorlari tomonidan tog'-kon sohasidagi investitsion loyihalarni amalga oshirishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.



