19-Xalqaro «Qishloq xo‘jaligi - AgroWorld Uzbekistan 2024» ko‘rgazmasi 2024 yil 12-14 mart kunlari NVC «Uzexpocenter» (Toshkent, O‘zbekiston) da o‘tkaziladi.
Tadbirni tashkil etuvchilar – xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi Iteca Exhibitions va uning hamkorlari ICA Eurasia Group.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori yalpi ichki mahsulot tuzilmasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, uning ulushiga 25 foiz yalpi ichki mahsulot hajmi to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda mahsulot ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlariga erishildi – uning hajmi 16% ga oshdi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi va eksport yetkazib berishlarning ko‘payishi ko‘p jihatdan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalaridan foydalanish, ekin maydonlari va yaylovlardan oqilona foydalanish orqali ta'minlanadi.
AgroWorld Uzbekistan ko‘rgazmasi – O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng yirik ko‘rgazma tadbiri bo‘lib, u bir maydonda yetakchi ishlab chiqaruvchilar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchilarni to‘playdi.

